FK2 · 817-modda

817-modda. Topshiriq shartnomasi

Topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim boʻyicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi.

Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning koʻrsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin.

Vakil alohida huquqlarga ega boʻladigan topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega boʻlgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan maʼlum sohada yoki (va) maʼlum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi.

Topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi.

Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli boʻladigan muddatni koʻrsatgan yoki bunday muddatni koʻrsatmagan holda tuzilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.