FK2 · 819-modda

819-modda. Topshiriqni topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarish

Vakil oʻziga berilgan topshiriqni topshiriq beruvchining koʻrsatmalariga muvofiq bajarishi shart. Topshiriq beruvchining koʻrsatmalari aniq, yoʻl qoʻyiladigan va bajariladigan boʻlmogʻi kerak.

Agar ishning holatlariga koʻra topshiriq beruvchining manfaatlari uchun uning koʻrsatmalaridan chetga chiqish zarur boʻlsa hamda vakil topshiriq beruvchidan bu haqda oldindan soʻray olmagan yoxud oʻz soʻroviga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, u topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqishga haqli. Bunday hollarda vakil xabar berish imkoni tugʻilishi bilanoq yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga xabar berishi shart.

Topshiriq beruvchi tijorat vakili sifatida ish olib boradigan vakilga topshiriq beruvchining manfaatlarini koʻzlab oldindan soʻrov yubormagan holda topshiriq beruvchining koʻrsatmalaridan chetga chiqish huquqini berishi mumkin. Bunday hollarda tijorat vakili, agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, yoʻl qoʻyilgan chetga chiqishlar haqida topshiriq beruvchiga oqilona muddatda xabar berishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.