FK2 · 825-modda

825-modda. Topshiriq shartnomasida huquqiy vorislik

Vakil vafot etgan taqdirda, uning merosxoʻrlari yoki meros mulkning saqlanishini taʼminlash majburiyati yuklatilgan boshqa shaxslar topshiriq shartnomasi bekor qilinishi haqida topshiriq beruvchiga kechiktirmay xabar berishlari hamda topshiriq beruvchining mol-mulkini muhofaza qilish uchun zarur choralarni koʻrishlari, xususan, topshiriq beruvchining ashyolarini, shuningdek hujjatlarini saqlab qoʻyishlari, soʻngra esa unga topshirishlari shart. Vakil (ishonchli vakil) boʻlgan yuridik shaxsni tugatayotgan shaxsning zimmasida ham shunday majburiyat boʻladi.

Vakil (ishonchli vakil) sifatida ish olib borayotgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganida topshiriq beruvchi bu haqda darhol xabardor qilinishi kerak. Mazkur holatda bunday yuridik shaxsning huquq va majburiyatlari, agar topshiriq beruvchi oʻttiz kunlik muddatda topshiriq shartnomasidan bosh tortishini maʼlum qilmasa, uning qonuniy vorisiga oʻtadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.