FK2 · 826-modda

826-modda. Begona shaxsning manfaatini koʻzlab harakat qilish shartlari

Manfaatdor shaxsga yoki uning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olish, uning majburiyatlarini bajarish yoki uning qonunga zid boʻlmagan boshqa manfaatlarini koʻzlab, uning topshirigʻisiz, boshqa koʻrsatmasisiz yoki oldindan vaʼda berilgan roziligisiz qilingan harakatlar (begona shaxsning manfaatini koʻzlab qilingan harakatlar) ochiq koʻrinib turgan manfaat yoki foydadan hamda manfaatdor shaxsning haqiqiy yoki ehtimol tutilgan niyatlaridan kelib chiqib hamda ishning holatlariga koʻra zarur gʻamxoʻrlik va ehtiyotkorlik bilan qilinmogʻi kerak.

Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar bunday harakatlar faoliyatining maqsadlaridan biri boʻlgan davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boshqa shaxslar manfaatlari yoʻlida amalga oshiradigan harakatlarga nisbatan qoʻllanmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.