Mol-mulkni ishonchli boshqarish quyidagi asoslarda vujudga keladi (joriy etiladi):
muassis bilan ishonchli boshqaruvchi oʻrtasida tuziladigan mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi;
vasiyatning ijrochisi (ishonchli boshqaruvchi) tayinlangan vasiyatnoma;
sud qarori;
vasiylik va homiylik organining vasiylikka olingan shaxsning mol-mulki ustidan vasiylik belgilash toʻgʻrisidagi qarori;
qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik faktlar.