Quyidagilar mol-mulkni ishonchli boshqarish muassislari boʻladilar:
mol-mulkning egasi;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
vakolatli davlat organi davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan;
qonunda nazarda tutilgan hollarda — notarius, vasiylik va homiylik organi, sud yoki boshqa vakolatli organ.
Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi boʻlishlari mumkin:
fuqaro;
yuridik shaxs.
Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Ishonchli boshqaruvchi faqat oʻz roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi boʻlishi mumkin.