FK2 · 855-modda

855-modda. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkni ajratib chiqarish

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.

Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu shaxs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qoʻshib yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.