FK2 · 934-modda

934-modda. Sugʻurta summasi

Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oladigan yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlash majburiyatini oladigan summa (sugʻurta summasi) sugʻurta qildiruvchining sugʻurtalovchi bilan kelishuviga koʻra ushbu modda qoidalariga muvofiq belgilanadi.

Mol-mulkni yoki tadbirkorlik xavfini sugʻurta qilishda, agar sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta summasi ularning haqiqiy qiymatidan (sugʻurta qiymatidan) oshmasligi lozim, quyidagilar shular jumlasiga kiradi:

mol-mulk uchun — uning sugʻurta shartnomasini tuzish kuni turgan joyidagi haqiqiy qiymati;

tadbirkorlik xavfi — sugʻurta hodisasi yuz berganida sugʻurta qildiruvchi tadbirkorlik faoliyatidan koʻrishi mumkin boʻlgan zarar.

Shaxsiy sugʻurta shartnomalarida va fuqaroviy javobgarlikni sugʻurtalash shartnomalarida sugʻurta summasini taraflar oʻz ixtiyorlariga koʻra aniqlaydilar, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.