FK2 · 937-modda

937-modda. Qoʻshimcha mulkiy sugʻurta

Agar mol-mulk yoki tadbirkorlik xavfi faqat sugʻurta qiymatining bir qismi miqdorida sugʻurtalangan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) qoʻshimcha sugʻurta qilishga, shu jumladan boshqa sugʻurtalovchida sugʻurta qilishga haqli, ammo barcha sugʻurta shartnomalari boʻyicha umumiy sugʻurta summasi sugʻurta qiymatidan oshib ketmasligi lozim.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalariga rioya etmaslik, ushbu Kodeksning 938-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.