FPK · 1-modda

1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik

Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchilik buyruq tartibidagi ishlarni, daʼvo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bogʻliq ishlarni, mediativ kelishuvni ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonunchiligida koʻrsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.