Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda — shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.