Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
1) sudyaga kelib tushgan arizalarni oʻrganadi va ularni koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi, sud hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi;
2) ishni sud muhokamasiga tayyorlash vazifalarini hal qilishda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda va boshqa shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda ishtirok etadi;
3) sud protsessini tayyorlashni va oʻtkazishni tashkil etishda ishtirok etadi;
4) arizalar va murojaatlar, shuningdek koʻrilishi keyinga qoldirilgan yoki ish yuritish toʻxtatib turilgan ishlar oʻz vaqtida koʻrilishi taʼminlanishini tashkil etadi;
5) taraflar va protsessning boshqa ishtirokchilarini ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi.
Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirigʻiga binoan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.