FPK · 78-modda

78-modda. Dalillarni taʼminlash tartibi

Dalillarni taʼminlash ushbu Kodeksda belgilangan dalillarni toʻplash va tekshirish qoidalari boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar dalillarni taʼminlash vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi dalillarni taʼminlash haqidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Kechiktirish, shuningdek keyinchalik arizachi bilan kimning oʻrtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin boʻlmagan hollarda, dalillarni taʼminlash faqat arizachining oʻzini xabardor qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Dalillarni taʼminlash tartibida taraflarning, uchinchi shaxslarning tushuntirishlari eshitiladi, guvohlar soʻroq qilinadi, ekspertiza tayinlanadi, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar talab qilib olinadi yoki koʻzdan kechiriladi, joyga borib koʻzdan kechirish oʻtkaziladi.

Dalillarni taʼminlash tartibida toʻplangan barcha materiallar ishni koʻrib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.