FPK · 81-modda

81-modda. Taraflar va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari

Taraflar va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining oʻzlariga maʼlum boʻlgan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari ish yuzasidan toʻplangan boshqa dalillar qatori tekshirilishi va baholanishi lozim.

Taraflardan biri oʻzining talablari yoki eʼtirozlariga asos qilib olgan faktlarni boshqa taraf tomonidan tan olinishi birinchi tarafni bu faktlar isbotini davom ettirish zaruriyatidan ozod qiladi. Agar muayyan fakt xususida sudning shubhasi boʻlsa, bu fakt umumiy asoslarga koʻra isbotlanishi lozim.

Faktni tan olish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va tan olgan taraf uni imzolaydi. Agar faktni tan olish yozma arizada bayon etilgan boʻlsa, mazkur ariza ishga qoʻshib qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.