Yoʻlovchi, qoʻl yuki yoki yuk tashishning kechikkani uchun tashuvchi — agar u kechikishning oldini olish uchun barcha choralarni koʻrganligini yoki bu choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa — javobgar boʻladi. Javobgarlik miqdori tashish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Oldini olish mumkin boʻlmagan holatlar yuzaga kelganida tashuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.