Tashuvchi, yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi va oluvchilarning mulkiy javobgarliklari uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan holatlar havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan guvohlantiriladi. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzish tartibi hamda havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzishni taqozo qilmaydigan holatlar tartibi tashish qoidalari bilan belgilanadi.
Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
a) yukning nomi, ogʻirligi yoki yuk va pochtaning oʻrinlari soni tashish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiq boʻlganida;
b) yukda kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
v) qoʻl yukida kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
g) pochtada kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
d) hujjatsiz yuk, qoʻl yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qoʻl yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida.