Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sogʻligʻining holati tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar talab qoʻyishi yoki daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.