HK · 125-modda

125-modda. Xalqaro tashishlarda talab qoʻyish muddatlari

Qoʻl yuki yoki yuk eʼtiroz bildirilmasdan qabul qilingan taqdirda, agar oʻzga holat tasdiqlanmagan boʻlsa, ular tegishli holatda va tashish hujjatlariga muvofiq yetkazib berilgan deb hisoblanadi.

Qoʻl yuki yoki yukka zarar yetkazilgan taqdirda, uni olishga huquqi boʻlgan shaxs zarar aniqlangani haqida zudlik bilan, ammo qoʻl yuki olingan kundan keyingi 7 kun hamda yuk olingan kundan keyingi 14 kundan kech boʻlmagan muddat ichida tashuvchiga talabnoma taqdim etish lozim. Yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda, qoʻl yuki yoki yuk oluvchiga berilgan kundan boshlab 21 kun ichida talab qoʻyilishi lozim.

Qoʻl yuki (yuk) yoʻqotilgani taqdirda tashuvchiga talablar havo kemasining belgilangan manzilga qoʻnganidan yoki tashish toʻxtatilgan kundan keyingi ikki yil davomida qoʻyilishi lozim. Koʻrsatilgan muddatlarda bildirilgan yozma talabnoma boʻlmasa, tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.