HK · 13-modda

13-modda. Aloqani tashkil etish

Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar Aviatsiya maʼmuriyati, Mudofaa vazirligining tegishli organlari bilan, samoviy hududdan havo kemalarining parvozi uchun foydalanilgan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa organlari bilan ham aloqa kanallari tashkil qilishga majburdirlar.

Aloqa korxonalari foydalanuvchilarga zarur aloqa kanallarini va vositalarini ijaraga beradilar. Xizmatga berilgan aloqa kanallari va vositalari ishdan chiqqan taqdirda ular belgilangan tartibda boshqa aloqa kanallari va vositalari bilan almashtirilishi lozim.

Umumiy foydalanishdagi barcha xalqaro va shaharlararo telefonlar hamda telegrafni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining korxonalari oʻrnatadilar va ishlatadilar.

Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bogʻlash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam koʻrsatilayotganda birinchi galda beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.