Ushbu Kodeksga va uning asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlarga zid ravishda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibini buzish deb eʼtirof etiladi.
Samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlar samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishning oldini olish yoki toʻxtatish choralarini koʻrishga majburdirlar.
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tugʻilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan koʻrsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan toʻxtatishlari lozim.