Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish, qurish va taʼmirlash mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
Aerodromlarni qurish va taʼmirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid, turar joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini, ularning motorlaridan chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli taʼsirini bartaraf etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmogʻi lozim.