Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq boʻlsa, aerodromdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Fuqarolar tashish uchun moʻljallangan aerodrom bundan tashqari, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq qoʻshimcha talablarga ham javob bermogʻi lozim. Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga moʻljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart.
Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:
fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun – Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan;
davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Aerodrom ekspluatantiga aerodromning butun xizmat koʻrsatish muddati davomida aerodromning muvofiqlik sertifikati olish uchun belgilangan talablarga javob berishini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.