Yoʻlovchilar tashish ehtiyojini taʼminlash uchun aeroportlar bilan yaqin shaharlar va aholi manzilgohlari oʻrtasida muntazam transport qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Aeroportlarga boradigan yoʻllar qurilishini, ularni taʼmirlashni, obodonlashtirishni va ulardan foydalanishni, yoʻlovchi tashiydigan transportning bu yoʻllarda muntazam qatnovini, shuningdek shaharlar va boshqa aholi punktlari bilan aeroportlar oʻrtasida telefon va boshqa aloqa turlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taʼminlaydilar.