HK · 57-modda

57-modda. Aeronavigatsion va meteorologik axborot

Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transporti qatnovi aeronavigatsion va meteorologik axborot bilan taʼminlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini koʻzlab meteorologik taʼminlashni tashkil etadi.

Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.

Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan taʼminlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan xavfsiz, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash maqsadida xalqaro tashkilot yoki chet el davlatlari aeronavigatsion axborot xizmatlaridan bitim yoki shartnoma asosida olinadigan meteorologik axborot ham ishlatilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.