Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi havo transporti qatnovi aeronavigatsiya vositalari va tizimlari, shuningdek havo transporti qatnovining aloqa hamda boshqaruv vositalari va tizimlari bilan taʼminlanadi.
Bunday taʼminlash tartibini oʻz vakolatlari doirasida Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilaydi.
Mazkur vositalar va tizimlardan birgalikda foydalanish tartibi ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan bitimlarga binoan belgilanadi.
Aeronavigatsiya vositalari va tizimlari sifatida foydalaniladigan obyektlar qurilishi (oʻrnatilishi) uchun yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonining sathi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlangan meʼyorlar hamda loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida aniqlanadi.