Xorijiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozlari:
a) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
b) parvoz uchun maxsus ruxsatnomalar asosida va ularning shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur ruxsatnomalarni:
fuqaro havo kemalarining yakka parvozi uchun – Aviatsiya maʼmuriyati;
fuqaro havo kemalaridan boshqa kemalarning yakka parvozi uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xalqaro parvozlar amalga oshirilishidan oldin xorijiy havo kemalarining egalari (ekspluatantlari) xalqaro parvozlar uchun ruxsatnoma beradigan davlat organlariga tanish belgilarini xabar qilishlari shart.
Yakka parvozlarga ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilab beriladi.