Koʻrilgan tadbirlar natija bermagan taqdirda halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini toʻxtatish haqidagi qaror Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari bilan havo kemasini topishda davom ettiriladigan qidiruv ishlari samarasizdir va tirik qolgan odamlarni qutqarish uchun hech qanday real umid qolmadi, deb taxmin qilishga yetarli asoslar boʻlganidagina qabul qilinishi mumkin.
Halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini toʻxtatish haqidagi qaror ustidan mazkur kema egasi tegishli sudga shikoyat qilishi mumkin.
Qidirilishi toʻxtatilgan havo kemasi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi.