IPK · 283-modda

283-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻradigan sudlar

Iqtisodiy protsessual kodeksi 35-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish Rasmiy manba (lex.uz)

Kassatsiya shikoyatlari (protestlari):

tegishli tumanlararo iqtisodiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.