JIK · 100-modda

100-modda. Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi

Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimi tashkil etiladi. Muassasa maʼmuriyati mahkumlarga ular taʼlim olishi va mustaqil taʼlim olishi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda sharoitlar yaratadi hamda zarur koʻmak koʻrsatadi.

Yoshi oʻttizdan oshgan mahkumlar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar xohishlariga koʻra taʼlim olishga jalb etiladilar.

Mahkumlarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olishiga yoʻl qoʻyilmaydi, manzil-koloniyalardagi mahkumlar bundan mustasno boʻlib, ular oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida taʼlim olishlari mumkin.

Oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan mahkumlar imtihonlarni topshirish uchun qonunchilikka muvofiq ishdan ozod qilinadi.

Mahkumlarning umumiy oʻrta taʼlimini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.