Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi:
manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida;
manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan — maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan — turmaga qaytarish haqida.
Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.