JIK · 112-modda

112-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi

Jazoni oʻtash tartibini kamida ikki marta qoʻpol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy boʻlinmaga kiritib qoʻyish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor boʻlmagan boʻlsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi.

Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki maʼmuriyat yoʻllanmasi bilan boʻlishi kerak boʻlgan boshqa joyni oʻzboshimchalik bilan oʻn ikki soatdan koʻproq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi.

Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga oʻtkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirishga taqdim etilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.