JIK · 25-8-modda

25-8-modda. Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlash

Quyidagilar majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi:

oʻn kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringan mahkum;

yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmagan mahkum;

yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzgan mahkum.

Jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan mahkumning turgan joyi nomaʼlum boʻlgan taqdirda, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.