JIK · 25-5-modda

25-5-modda. Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxsning majburiyatlari

Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs:

sudning hukmi, ajrimi yoki qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yashash joyidagi probatsiya boʻlinmasida hisobga turishi;

majburiy jamoat ishlarini bajarish va oʻtash shartlariga rioya etishi;

oʻzi uchun belgilangan joyda (obyektda) ishlashi hamda majburiy jamoat ishlarining belgilangan muddatlari va hajmlarini ishlab berishi;

majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning (organning) ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi, mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi;

yashash joyi oʻzgarganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor qilishi, shuningdek uning chaqiruviga binoan yetib kelishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.