Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar majburiy jamoat ishlarini oʻtashi mumkin boʻlgan joylarning (obyektlarning) roʻyxatini va majburiy jamoat ishlarining turlarini kelishuv uchun taqdim etadi;
mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlarini oʻtash uchun zarur sharoitlar tashkil etilishini taʼminlaydi;
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslarning mehnatini qoʻllash samaradorligini oʻrganadi.