JIK · 25-4-modda

25-4-modda. Tashkilot (organ) maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari

Mahkumlar tomonidan majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joydagi (obyektdagi) tashkilotning (organning) maʼmuriyati:

majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarni tashkil etishi;

ishlarni bajarish uchun tegishli sharoitlarni taʼminlashi;

mahkumlarni jazoni oʻtash soatlariga mos boʻlgan ish hajmi bilan taʼminlashi;

mahkumlar tomonidan oʻzlari uchun belgilangan ishlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

probatsiya boʻlinmasiga mahkumlar tomonidan ishlab berilgan soatlar miqdori, ular bajargan ishlarning sifati va mahkumlarning xulq-atvori haqida maʼlumotlar taqdim etishi;

mahkumlar majburiy jamoat ishlarini bajarish bilan bogʻliq holda mayib boʻlgan taqdirda, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda zararning oʻrnini qoplash choralarini koʻrishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.