JIK · 53-modda

53-modda. Mahkumlarni tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirish

Qasddan sodir etilgan ogʻir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi boʻlgan taqdirda, muassasa boshligʻining qaroriga binoan xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin.

Xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasida yoki turmada qoldirilgan mahkumlar jazoni qulflab qoʻyilmaydigan umumiy kameralarda, boshqa shaxslardan batamom ajratilgan holda, ushbu Kodeksning 18-bobida nazarda tutilgan sharoitlarda oʻtaydilar. Mahkumlarga uzoq muddatli uchrashuvga ruxsat berish imkoniyati boʻlmasa, ularga bitta uzoq muddatli uchrashuv oʻrniga ikkita qisqa muddatli uchrashuvga ruxsat beriladi.

Voyaga yetmagan shaxslar, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek sudlar va huquq-tartibotni muhofaza qilish organlarining sobiq xodimlariga mansub mahkumlar xoʻjalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun qoldirilmaydilar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.