JIK · 55-modda

55-modda. Mahkumlar jazoni oʻtash uchun joʻnatilganligi va yetib kelganligi toʻgʻrisida xabar

Tergov hibsxonasining maʼmuriyati mahkum jazoni oʻtash uchun joʻnab ketganligi toʻgʻrisida uning oilasiga uch kunlik muddat ichida xabar yuborishi shart.

Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati mahkum yetib kelgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida bu haqda hukm chiqargan sudni xabardor qilishi, shuningdek mahkumning oilasiga muassasa manzilini koʻrsatib hamda mahkumning yozishma olib borish, uchrashuv, posilka, yoʻqlov va banderollar olish, masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqlarini tushuntirib, xabarnoma yuborishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.