Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Talonchilik:
a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;
b) ancha miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Talonchilik:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib;
v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Talonchilik:
a) juda koʻp miqdorda;
b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.