Jinoyatlar toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) takroran sodir etilgan boʻlsa;
b) bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa;
v) ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.