JK · 244-2-modda

244-2-modda. Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish

Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish —

besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa;

b) voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti shaxs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻgʻrisida oʻz ixtiyori bilan xabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.