JK · 297-modda

297-modda. Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish

Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek, oʻq-dori, portlovchi, radioaktiv yoki boshqa modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishiga;

b) ogʻir shikast yetkazilishiga;

v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish:

a) odamlar oʻlimiga;

b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.