Jangovar, maxsus yoki transport mashinalarini boshqarish yoxud ulardan foydalanish qoidalarini buzish badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.