JPK · 215-modda

215-modda. Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar bilan munosabatda boʻlish

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar, ular saqlanadigan joylardagi tartibga oid cheklashlarni istisno etganda, qonunchilikda belgilangan huquqlarga egadirlar va shu hujjatlarda koʻrsatilgan majburiyatlarni bajaradilar.

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslarga nisbatan gʻayriinsoniy munosabatda boʻlish mumkin emas.

Ushlab turilgan, qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsga oʻzining himoyachisi bilan xoli uchrashish, qonunchilikka oid materiallardan foydalanish imkoniyati berilishi, shikoyat, iltimosnoma va boshqa protsessual hujjatlarni yozishi uchun ixtiyorida qogʻoz va yozuv jihozlari boʻlishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.