JPK · 218-modda

218-modda. Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash choralari

Jinoyat-protsessual kodeksi TOʻRTINCHI BOʻLIM PROTSESSUAL MAJBURLOV 26-bob. JINOYAT PROTSESSIDA SHAXS HUQUQLARINI CHEKLASH ASOSLARI VA CHEGARALARI Rasmiy manba (lex.uz)

Ushlab turilgan, qamoqqa olingan yoki ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxsning qarovsiz va yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandlari, keksaygan ota-onalari, boshqa boqimlari boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud ularni qarindoshlarining yoki boshqa shaxslar yoxud muassasalarning vasiyligiga yoki homiyligiga topshirishi, majburlov chorasi qoʻllanilgan shaxsning nazoratsiz qolayotgan mol-mulki yoxud uy-joyi boʻlsa, ularni qoʻriqlash chorasini koʻrishi shart.

Shaxsning qaramogʻidagilarga homiylik qilish va uning mol-mulkini qoʻriqlash toʻgʻrisidagi koʻrsatilgan choralar ushlab turish tarzidagi protsessual majburlov chorasini qoʻllagan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan ham koʻrilishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.