JPK · 269-modda

269-modda. Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish

Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi.

Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.