JPK · 291-modda

291-modda. Mol-mulkni xatlash bayonnomasi

Surishtiruvchi yoki tergovchi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam boʻlmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi. Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, oʻlchovi, ogʻirligi, eskirish darajasi va boshqa oʻziga xos belgilari sanab oʻtilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari toʻgʻrisidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada koʻrsatiladi.

Mol-mulkni xatlash chogʻida uni yashirish, yoʻq qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan boʻlsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qoʻllangan choralar koʻrsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.