JPK · 294-modda

294-modda. Xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish va saqlash

Xatlangan mol-mulk olib qoʻyilib, saqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakiliga topshirilishi mumkin.

Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila aʼzolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning toʻla-toʻkis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi.

Muomalada boʻlishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qoʻyilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayomi obligatsiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar olib qoʻyilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani toʻgʻrisidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operatsiyalari toʻxtatib qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.