Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi:
1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 122-1-moddasi birinchi qismida, 125, 125-1, 126-moddalarida, 126-1-moddasi birinchi — toʻrtinchi qismlarida, 127-1-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 129-1-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 185-1-moddalarida, 196-1-moddasi birinchi qismida, 196-2-moddasi birinchi qismida, 216-1-moddasi birinchi qismida, 216-2-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 227-1-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 228-1-moddasida, 228-2-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 229-2-moddalarida, 229-3-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 244-4-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 244-5, 244-6-moddalarida, 248-1-moddasi birinchi qismida, 255-2-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 260-1-moddasi birinchi qismida, 261, 261-1, 261-2-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 262-1-moddasi birinchi qismida, 263-1-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 276-5-moddasida, 276-8-moddasi birinchi qismida, 276-9-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 276-10-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 278-1 — 278-6-moddalarida, 278-7-moddasi birinchi qismida, 278-8-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-9-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 184-1, 185-2-moddalarida, 189 — 192-moddalarida, 276-11-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 130-1-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 244-3-moddasida, 244-4-moddasi birinchi qismida, 250-1-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha.
5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) va 259-1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha.
Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 130-1-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 186-2-moddasi birinchi qismida, 244-3-moddasida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ishni qoʻzgʻatgan organ tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha surishtiruv ushbu ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli boʻlsa, oʻsha organ tomonidan olib boriladi.
Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni toʻliq hajmda tamomlashi mumkin.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga oʻtkaziladi.
Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli boʻlgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bogʻliq boʻlmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga oʻtkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi.
Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli boʻlsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng boʻlganda esa, jinoyat ishi boʻyicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi.
Surishtiruv organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli boʻlgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari boʻyicha dastlabki tergov organiga topshiradi.
Jinoyat qayerda sodir etilgan boʻlsa, jinoyat ishi oʻsha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli boʻladi.
Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, toʻla, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qoʻzgʻatilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning koʻpchiligi turgan yerda ham oʻtkazilishi mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv boʻlinmasi boshligʻining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin.