JPK · 381-5-modda

381-5-modda. Jinoyat ishini oʻtkazish

Jinoyat ishini bir surishtiruv organi doirasida bir surishtiruvchidan boshqa surishtiruvchiga oʻtkazish shu surishtiruv organining rahbari yoki surishtiruv boʻlinmasi boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.

Ishni bir surishtiruv boʻlinmasidan boshqasiga oʻtkazish yuqori surishtiruv organi rahbari yoki yuqori surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.

Ishni bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv organiga oʻtkazish prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.

Tergovning har tomonlama, toʻla va xolisona olib borilishini taʼminlash maqsadida prokuror quyidagi holatlarda ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida jinoyat ishini dastlabki tergov shaklida tergov qilish uchun dastlabki tergov organiga oʻtkazishi yoki oʻz ish yurituviga olishi mumkin:

1) ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozim boʻlgan shaxsni aniqlash uchun dastlabki tergov organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni jalb qilgan holda qoʻshimcha tergov va protsessual choralarni qoʻllash zarur boʻlganda;

2) ushbu Kodeksning 345-moddasi oʻn birinchi qismi 1 — 5-bandlarida nazarda tutilganda.

Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha jinoyat ishini oʻtkazish haqida prokuror asoslantirilgan qaror chiqaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.