JPK · 521-21-modda

521-21-modda. Ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran koʻrish

Taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra bildirilgan protesti (xususiy protesti) boʻyicha taftish tartibida takroran koʻrib chiqadi.

Ishni taftish instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 521-17-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlib, ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra hukm yoki qaror chiqaradi.

Ishni taftish tartibida takroran koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 521-7-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.